Toshkent shahri Chorsu bozori hududidagi do‘konlarda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi bartaraf etdi. Qurbonlar yo‘q.
Toshkent shahri hokimligi prezidentning poytaxtdagi ikki tumanga tashrifi yakunlari bo‘yicha loyiha konsepsiyalarini ishlab chiqishga 825 mln so‘m ajratdi. “Chorsu” va “Eski jo‘va” bozorlari rekonstruksiyasi, “turizm halqasi”da yo‘laklar, mahallalarda mikro bog‘lar qurish va boshqalar shular jumlasidan.
Poytaxtning Chorsu va Eski juva bozorlari 2023-yil oxirigacha tartibga keltirilib, turistik jozibadorligi oshiriladi. Bunda zamonaviy savdo rastalari va ko‘p qavatli avtoturargohlar qurish, irrigatsiya tarmoqlarini yangilash va binolarni milliy arxitektura asosida rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.
Madaniy meros agentligi Chorsu bozoridagi markaziy gumbazga hamohang tarzda qurilgan 7 ta kichik gumbaz davlat muhofazasiga olinganini ma’lum qildi. Agentlik rahbarining birinchi o‘rinbosari Tursunali Kuziyevning so‘zlariga ko‘ra, gumbazlar Toshkentning yuzi hisoblanadi. Ilmiy ekspert kengashi a’zosi Zafar Hakimovning fikricha, Eski-Juva makonini arxeologik yodgorlik sifatida saqlab qolish kerak. Agentlik Chorsu bozorini Eski shaharning tarixiy hududi sifatida ro‘yxatga olishni rejalashtirayapti.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting